Nateco Impex ma`suliyati cheklangan jamiyatiga 2017-yilda asos solingan. Dastavval, kompaniya O`zbekistondagi mahalliy korxonalarga ziravorlar, quritilgan sabzavotlar va mag`izlar yetkazib berish bilan shug`illangan. 2018-yildan boshlab xo`l va quritilgan sabzavotlar, ziravorlar, mevalar, dukkakli mahsulotlar va mag`izlarni eksportini yo`lga qo`ygan. Korxona faoliyati jadallik bilan rivojlanib, mahsulotlar savdosi, hamkorlar soni va eksport geografiyasi tobora o`sib bordi. Natijada, 2019-yilda Namangan shahrida joylashgan Yuksalish kichik sanoat zonasidan 1,05 gektar yer maydon olinib, qishloq xo`jaligi mahsulotlarini qayta ishlashga ixtisoslashgan ishlab chiqarish korxonasi qurilish ishlari boshlandi. 2021-yilga kelib qurilish ishlarini birinchi bosqichi tugatilib, korxona o`zining barcha sharoitlarga ega xususiy ishlab chiqarish binosi, omborxonasi, ofisi va ilg`or dastgohlariga ega bo`ldi.
Hozirda korxonamizda 12 nafar doimiy va 40 nafar mavsumiy ishchilar faoliyat yuritib kelmoqdalar. O`zbekistondagi 4 ta yirik ishlab chiqarish va qayta ishlash zavodlari, 30 dan ortiq fermer xo`jaliklari va xususiy bog` egalari bilan doimiy hamkorlik yo`lga qo`yilgan. Natijada O`zbekistonda yetishritilgan va qayta ishlangan 32 turdagi turli xil qishloq xo`jaligi mahsulotlar dunyoning 16 mamlakatiga yetkazib berilmoqdan. Qolaversa, O`zbekiston ichki talabini qondirish uchun chet davlatlaridan turli-tuman yuqori sifatdagi ziravorlar import qilinib, mahalliy ishlab chiqaruvchilarga yetkazib berilmoqda.
Korxonamizning asosiy maqsadi – Doimiy yuqori sifatdagi mahsulotlarni hamyonbop narxda yetkazib berish. Hamkorlarimizni talab va takliflarini inobatga olgan holda, ularga bozordagi eng optimal takliflarni berish va mavaffaqiyatga birgalikda erishish.
Ushbu to‘rt toifadagi mahsulotlarni xorijga eksport qilib, ichki bozordagi yirik ishlab chiqarish korxonalariga yetkazib beramiz.
Bizning quritilgan sabzavotlarimiz va ko'katlarimiz orasida siz: sabzi, piyoz, sarimsoq, karam, lavlagi, bolgar qalampiri, achchiq qalampir, qovoq, arpabodiyon, ko'katlar, baqlajonlar, kartoshka, rayhon, sarimsoq, qovoq qovoq va pomidorlarni topasiz.
Quritilgan mevalarimizga quyidagilar kiradi: o'rik, olxo'ri, mayiz, olma, nok, anjir, xurmo, zaytun va xurmo.
Dukkaklilardan biz taklif qilamiz: loviya, yasmiq va no'xat.
Mevali nazrlarimiz orasida: gilos, o'rik, shaftoli, uzum va anor.