Адрес:
г.Наманган, Наманганская обл., 4мкр, д. 7а.

Сухофрукты

O`zbekiston markaziy Osiyoning qoq o`rtasida joylashgan bo`lib, uning maydonidan Sirdaryo va Amudaryo kabi ikki yirik daryolar oqib o`tadi. Uning geografik joylashuvi  uni serquyosh va issiq iqlim bilan ta`minlasa, bu ikki yirik daryo bo`lsa yerlarning suv bilan sug`orilishdagi ehtiyojlarini qondiradi. Xullas O`zbekiston dehqonchilik va bog`dorchilik uchun mukammal makon xisoblanadi. Balkim, shuning uchundir, O`zbekistonda yetishtirilgan mevalar dunyoning boshqa hech yerida yetishtirilgan mevalarga o`xshamaydi. Bizning o`lkada yetishtirilgan meva shirin ta`mi, yoqimli xidi, vitaminlarga boyligi va ekologik jixatdan tozaligi va tabiiyligi bilan ajralib turadi. 

Mamlakatda 32 milliondan ko`proq aholi bo`lishiga qaramay, O`zbekiston mevalarni chet davlatlarga sotadigan yirik eksporter davlat xisoblanadi. Mevalarni eksport qilish mavsumiy xisoblanib, yetkazib beriladigan mevalar faqatgina yoz faslidagina pishadi va o`sha faslni o`zidagina tanavvul qilinishi lozim bo`ladi. Ammo, inson organizmi uchun kerakli bo`ladigan vitaminlarning ko`pini mevalardan olinishini va inson boshqa fasllarda ham sifatli va mazzali meva istemol qilish xoxishi paydo bo`lishini inobatga olib, bizning korxonamiz chet elga mevalarni quritilgan xolatda yetkazib berishni o`z oldiga maqsad qilib qo`ygan. Quritilgan mevalar uzoq saqlanish muddatiga egaligi, tabiiy mevalardagi barcha vitaminlarni saqlab qolishi, transport vositalarida kamroq joy egallashi va yilning istalgan mavsumida iste`mol qilish uchun dostupniy ekanligi uning afzal tomonlaridir. 

Bugungi kunda korxonamiz tomonidan quritilgan o`rik, quritilgan uzum (mayiz), quritilgan olxo`ri, quritilgan olma, quritilgan nok, quritilgan olcha, quritilgan kompot aralashmasini ishlab chiqarish va eksport qilish bilan shug`illanib kelmoqda.

Более подробную информацию Вы можете получить заполнив форму, либо по телефонам:
Звоните 24 часа в сутки